⌥+O
öÖ
Yangi harflar —bir tugmada.
ö, ğ, ş, ç va tutuq belgisi ʼ ni har qanday qurilmada yozing. Kompyuterga klaviaturani oʻrnating, telefonda esa harfni bosib turish kifoya.
Mac
Oddiy ABC (US) klaviaturasi, faqat ⌥ Option + O, G, S, C bilan ö, ğ, ş, ç, apostrof tugmasi bilan esa tutuq belgisi ʼ chiqadi.
macOS · Apple Silicon va Intel · 10 KB
Klaviaturangizda ⌥ Option (Windows’da Alt) ni bosib turing — rasm ham oʻzgaradi.
Bu maydon oʻrnatilgan Mac klaviaturasidek ishlaydi: Option yoki Alt bilan yozing.
⌥+O
öÖ
⌥+G
ğĞ
⌥+S
şŞ
⌥+C
çÇ
⌥+'
ʼ
Oʻchirish uchun: klaviaturani Text Input roʻyxatidan olib tashlang va ~/Library/Keyboard Layouts/OzbekYangiLotin.bundle ni oʻchiring. Bu norasmiy klaviatura.
01Yuklab oling va oching
.pkg faylni ikki marta bosing, keyin «Continue» va «Install» (ruschada «Продолжить», «Установить»). Parol soʻralmaydi — klaviatura faqat sizning foydalanuvchingizga oʻrnatiladi.
02Mac ruxsat bermasa
Fayl Apple tomonidan imzolanmagan, shuning uchun Mac birinchi marta «ochib boʻlmaydi» deyishi mumkin. System Settings → Privacy & Security boʻlimiga kiring, pastdagi «Open Anyway» («Всё равно открыть») tugmasini bosing va faylni qayta oching.
03Klaviaturani qoʻshing
System Settings → Keyboard → Text Input → «Edit…» → pastdagi «+». Qidiruvga «Özbek» deb yozing, «Özbek (yangi lotin)» ni tanlab «Add» ni bosing. Roʻyxatda chiqmasa, tizimdan chiqib qayta kiring.
04Yozishni boshlang
Menyu satrida «ÖZ» belgisi paydo boʻladi. Klaviaturalar orasida Fn (🌐) yoki ⌃ Control + Space bilan almashasiz. Qolgan tugmalar oddiy ABC (US) klaviaturasidagidek.
Windows
P va L dan oʻngdagi tugmalar yangi harflarni toʻgʻridan-toʻgʻri chiqaradi: [ → ö, ] → ğ, ; → ş, ' → ç, \ → ʼ. Asl belgilar AltGr (oʻng Alt) bilan qoladi.
Windows 10 va 11 · 259 KB
Yashil tugmalar yangi harflarni chiqaradi. Shift bilan — bosh harf.
Bu maydon Windows va Linux klaviaturasidek ishlaydi.
[
öÖ
AltGr: [ {
]
ğĞ
AltGr: ] }
;
şŞ
AltGr: ; :
'
çÇ
AltGr: ' "
\
ʼʻ
AltGr: \ |
Shift + \ eski alifbodagi ʻ belgisini chiqaradi (oʻ, gʻ dagi kabi).
Windows va Linux klaviaturalari: Bilolbek Normuminov, kiritish.uz loyihasi (MIT litsenziyasi). Fayllar oʻzgartirilmagan.
01Yuklab oling va arxivdan chiqaring
.zip faylni yuklab oling, ustiga oʻng tugmani bosib «Extract All» («Извлечь все») ni tanlang.
02setup.exe ni ishga tushiring
Windows himoya oynasi chiqsa, «More info» («Qoʻshimcha maʼlumot»), soʻng «Run anyway» («Baribir ishga tushirilsin») ni bosing. Fayllar pullik tijorat sertifikati bilan imzolanmagani uchun bu odatiy holat.
03Klaviaturani tanlang
Til tanlash menyusida (vazifalar panelida yoki Win + Space) «Uzbek - new» klaviaturasini tanlang.
Linux
Linux klaviaturasi Windows’dagidek ishlaydi: [ ] ; ' \ tugmalari ö ğ ş ç ʼ ni chiqaradi, asl belgilar AltGr bilan qoladi.
Windows va Linux klaviaturalari: Bilolbek Normuminov, kiritish.uz loyihasi (MIT litsenziyasi). Fayllar oʻzgartirilmagan.
01uz faylini yuklab oling
Fayl Downloads (Yuklanmalar) papkasiga tushadi.
02Tizimdagi faylni almashtiring
/usr/share/X11/xkb/symbols/uz faylini yuklab olingan fayl bilan almashtiring. Avval eski faylning zaxira nusxasini olib qoʻyish tavsiya etiladi. Tizim yangilanganda fayl qayta tiklanishi mumkin — shunda bu qadamni takrorlang.
03Klaviaturani qoʻshing
Sozlamalardagi klaviatura boʻlimida «Uzbek» tilini qoʻshing va «Uzbek (Latin)» terilmasini tanlang. Kirill varianti oʻzgarmaydi.
$ sudo mv ~/Downloads/uz /usr/share/X11/xkb/symbols/uzTelefon
Telefonlarda hech narsa yuklab olish shart emas: harf tugmasini bosib turing va chiqqan roʻyxatdan yangi harfni tanlang.
Oddiy iOS klaviaturasining oʻzida bor, hech narsa oʻrnatish shart emas. S, O, C yoki G ni bosib turing va yangi harfni tanlang.
Samsung klaviaturasining oʻzida bor, ilova oʻrnatish shart emas. S, O, C yoki G ni bosib turing va yangi harfni tanlang.
Telefon koʻrsatmalari kiritish.uz loyihasidan olingan.
Eski yozuvdagi matningiz bormi? Uni qayta yozmang — konvertorda bir zumda yangi alifboga oʻgiring.
Konvertorni ochish