Öö
- Kirillda
- Ў ў
- Misol
- oʻrik → örik
- Unicode
- U+00D6 · U+00F6
Qayta yozmang,shunchaki oʻgiring.
Kirill yoki amaldagi lotin yozuvidagi matnni 2026-yilgi yangi lotin alifbosiga bir zumda oʻgiradi. Word hujjatlar ham — formatlashi bilan.
Yangi alifboda oʻ, gʻ, sh va ch oʻrniga bittadan harf yoziladi: ö, ğ, ş, ç. Apostrofning turli shakllari (‘ ’ ' ʻ) bilan bogʻliq chalkashlik yoʻqoladi, matn esa qisqaradi.
Raqamlar — oʻngdagi namunaviy matn asosida, shu sahifada hisoblangan.
Keçqurun çoyxonada çöpon bilan suhbatlaşdik. U toğdagi boğlar, şoşqaloq şahar va özgarayotgan hayot haqida gapirdi. Çöqqilarga qor tuşganini, qişloqda çöğdek issiq non yopilganini aytib berdi.
Qanday ishlaydi
Концерт соат саккизда бошланади. Чипталар шаҳар кутубхонасида сотилмоқда.
Kontsert soat sakkizda boşlanadi. Çiptalar şahar kutubxonasida sotilmoqda.
Harflar
Apostrofli va ikki harfli tovushlar oʻrniga bittadan harf keladi. Harfni bosing — nusxa olinadi.
Öö
Ğğ
Şş
Çç
ş — bu U+015F (s va ostida ilmoq). Unga juda oʻxshash U+0219 (s va ostida vergul) bor, lekin qidiruv va bazalar ularni har xil deb biladi. ögir har doim U+015F yozadi, U+0219 kelsa ham uni toʻgʻrilaydi.
Shu yerdagi tugmalardan nusxa oling yoki kompyuteringizga Turk (Q) klaviatura joylashuvini qoʻshing — unda ö, ğ, ş va ç tayyor turadi.
Xabarlarga koʻra ng alohida harf sifatida alifbodan chiqariladi, lekin birikma sifatida avvalgidek ng deb yoziladi. ögir uni oʻzgartirmaydi.
Shartnoma, ariza yoki shaxsiy xat — nima oʻgirsangiz ham, u kompyuteringizdan chiqmaydi.
Oʻgirish toʻliq brauzeringizda boʻladi. Matn ham, Word fayllar ham hech qayerga joʻnatilmaydi.
Hisob, parol yoki email soʻralmaydi. Sahifani ochasiz va ishlataverasiz.
Oʻgirish qoidalari ochiq kodli alifbo kutubxonasida yozilgan — har kim tekshira oladi va xato topsa xabar bera oladi.
Savol-javob
Prezident lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish haqidagi qonunni 2026-yil 21-oktabrda imzoladi. Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib kuchga kiradi — xabarlarga koʻra, 2027-yil aprelda. Unga qadar berilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar oʻz kuchini saqlaydi. Rasmiy matnni lex.uz saytida kuzatib boring.
Toʻrttasi: oʻ → ö, gʻ → ğ, sh → ş, ch → ç. Masalan, «Oʻzbekiston shaharlari» yangi alifboda «Özbekiston şaharlari» boʻladi. Tutuq belgisi (ʼ) esa saqlanadi: maʼno, sanʼat. Yangi alifbo 28 harf va bitta tutuq belgisidan iborat.
Matnni konvertorga yozing yoki joylashtiring — alifbo oʻzi aniqlanadi. «Qaysi alifboga» roʻyxatidan yangi lotin yoki amaldagi lotinni tanlang, natija darhol chiqadi. Teskari yoʻnalish ham bor: lotindan kirillga oʻgirish uchun «Kirill»ni tanlang.
Koʻp hollarda bir xil. Lekin kirillda baʼzi harflar ikki xil oʻqiladi: ц soʻz boshida «s», boshqa joyda «ts» boʻladi, щ uchun esa aniq mos harf yoʻq. Bunday joylarni ögir taxmin qilib qoʻya qolmaydi — «Tekshirib chiqing» boʻlimida alohida koʻrsatadi.
Ha. «Hujjat» boʻlimiga .docx faylni tashlang — sarlavhalar, qalin matn, jadvallar va kolontitullar oʻz holicha qoladi. Natijani yana .docx qilib yuklab olasiz. .txt, .md, .csv va .srt (subtitr) fayllar ham ochiladi. PDF va eski .doc fayllarni avval Word’da .docx qilib saqlang.
Yoʻq. Oʻgirish toʻliq brauzeringizning oʻzida bajariladi. Matn va fayllar serverga yuborilmaydi va hech qayerda saqlanmaydi. Faqat tanlagan yoʻnalishingiz keyingi safar uchun brauzeringizda eslab qolinadi.
«Harflar» boʻlimidagi tugmalar bilan nusxa olishingiz mumkin. Doim yozadigan boʻlsangiz, kompyuteringizga Turk (Q) klaviatura joylashuvini qoʻshing — unda ö, ğ, ş va ç alohida tugmalarda turadi.
Koʻrinishi bir xil ikki belgi bor: U+015F (ş, ostida ilmoq) va U+0219 (ș, ostida vergul). Qidiruv va maʼlumotlar bazasi ularni har xil deb biladi. ögir har doim U+015F yozadi va U+0219 ni ham shunga toʻgʻrilaydi.
Oʻzingiz tanlaysiz. Yuqoridagi oʻ · ö · ў tugmalari butun sahifani amaldagi lotin, yangi lotin yoki kirill yozuvida koʻrsatadi — xuddi shu oʻgirish qoidalari bilan.
Matnni joylang — natija bir zumda chiqadi.
Matnni oʻgirishKompyuter va telefonda, istalgan zamonaviy brauzerda ishlaydi